Osiyo kubogi. Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum

  • 21 yanvar, 2024, 12:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 3-turidan o‘rin olgan muhim Avstraliya - O‘zbekiston o‘yinini yaponiyalik Araki Yusuke bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Mihara Jun hamda Takagi Takumi yordam berishsa, zaxira hakami sifatida xitoylik Ma Ning ishlaydi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Araki Yusuke joriy mavsum jami 8 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OChL guruh bosqichining 4-turida “Nassaji Mozandaron” (Eron) - “Navbahor” uchrashuvida hakamlik qilgan. Ushbu bahslar davomida u cho‘ntagidan jami 20 marta sariq kartochka chiqargan.

Osiyo Kubogi-2023 | 3-tur
23.01.2024 | 16:30 (Toshkent vaqti)
AVSTRALIYa – O‘ZBEKISTON
“Abdullah bin Khalifa” stadioni, Doha

Bosh hakam: Araki Yusuke (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Mihara Jun, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Fu Ming (Xitoy)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AskRus
21/01/2024 20:13
Хамма хайрон.
Хакам яна япон!
&
Махмуд1966
21/01/2024 13:43
Яна ямонми???? Оргкомитет атайлаб киляптими дейман???
&
Адхамжон Низомов
21/01/2024 13:05
Узбекистонни пешонасига доим шу японлар езилган эканда.Чичиб куймаса булди бу жапон.