Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston U-17 termasi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘ynaydi. Bahsni qanday tomosha qilish mumkin?

  • 26 iyun, 2023, 05:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hal qiluvchi bahsda ishtirok etadi. Chorak final bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda vakillarimizga Saudiya Arabistoni termasi raqiblik qiladi. 

Bu uchrashuvdagi g‘alaba jamoamizga jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etadi. Bellashuv 19:00 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Match telekanallarimiz orqali efirga uzatilmaydi. Shunga qaramay, siz o‘yinni bizning  "SPORTS.uz Gollar" telegram kanalimiz orqali JONLI EFIRDA tomosha qilishingiz mumkin! 

Muhim uchrashuvda jamoamizga omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!!! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!