
Osiyo kubogi. Ochilish o‘yiniga qancha odam tashrif buyurdi?
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan "18-Osiyo kubogi" start oldi. Dastlabki bahsda Qatar Livanni 3:0 hisobida mag‘lub qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvda Afif dubl qilgan bo‘lsa, Ali o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lio‘shicha, ushbu o‘yinda 82490 nafar muxlis "Lusayl"ga tashrif buyurdi. Mazkur stadion o‘z bag‘riga 88 mingdan ortiq odamni sig‘dira oladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatarning keyingi uchrashuvi 17 yanvarda Tojikistonga qarshi bo‘lib o‘tadi. Livan es o‘sha kuni Xitoy bilan kuch sinashadi.
Fikrlar