
Osiyo kubogi. Pley-offga chiqqan ilk jamoa nomi ma’lum
Biroz oldin Qatar Tojikiston ustidan kichik hisobda zafar quchib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Undan oldin esa Xitoy Livan bilan durang o‘ynab, 1 ochkoga ega chiqdi.
Shu tariqa, 2-turdan keyin qatarliklar 6 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, Tintin Markes shogirdlari birinchi o‘rin bilan guruhdan chiqa oldi. Jamoaning pley-offdagi raqibi "C", "D" va "E" guruhlaridagi eng yaxshi 3-o‘rin egasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Xitoyda 2, Tojikiston va Livanda 1 ochkodan mavjud.
Fikrlar