
Osiyo kubogi saralashi. Bugun O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Afg‘oniston bilan kuch sinashadi
Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida yurishini boshlaydi. Unda termamizga Afg‘oniston jamoasi raqiblik qiladi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, guruhimizdagi ikkinchi o‘yin Eron va Gongkong olimpiyachilari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bellashuv 17:00 da start oladi.
Fikrlar