Osiyo Kubogi saralashi. O‘zbekiston futzal terma jamoasining o‘yinlari taqvimi ma’lum

  • 8 yanvar, 2022, 18:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichida Markaziy va Janubiy birlashgan zonalari “B” guruhidan joy olgandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruh bosqichida Tojikiston, Afg‘oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 10-12 aprel kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

10 aprel
O‘zbekiston — Nepal

11 aprel
Afg‘oniston — O‘zbekiston

12-aprel
O‘zbekiston — Tojikiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!