
Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Bruney darvozasiga javobsiz 14 ta to‘p kiritdi
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash turniridan o‘rin olgan Bruney - O‘zbekiston uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 14:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga O‘ktamov, Saidov, Mirzaev (xet-trik), Turg‘unboev (xet-trik), Abdullaev, Shodiboev, Karimov, Abraev, Muxtorov va To‘lqinbekov mualliflik qildi.
Ikkinchi turda vakillarimizga Janubiy Koreya termasi raqiblik qiladi. O‘yin 7 oktyabr kuni 18:00 da start oladi.
Fikrlar