
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni: O‘zi final qachon?
Bilasiz, 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogiga yurtimiz mezbonlik qilmoqda.
Kecha yarim finaldan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, saudiyaliklar Avstraliyaga qarshi maydonga chiqib, 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi uchrashuvda O‘zbekiston Yaponiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni finalda o‘zaro kuch sinashadi. O‘yin 19 iyun kuni 18:00da start oladi. Finalga "Milliy" stadioni mezbonlik qiladi.
Fikrlar