Osiyo kubogi U-23. Saudiya Arabistoni ham yarim finalga yo‘l oldi

23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Vetnam uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Saudiyaliklar safida Al-Xarbi ilk golga mualliflik qildi. Shuningdek, Al-Buraykan ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda ularga Avstraliya Olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!