
Osiyo kubogi U-23. Yaponiya qo‘shnilarimiz darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida 3-tur bahslari yakuniga etdi.
"D" guruhi ishtirokchilari Yaponiya hamda Tojikiston bellashuvida nominal mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Matsuki, Sato va Nakashima mualliflik qildi.
Shu tariqa, yaponiyaliklar 7 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finalda "kun chiqar yurt" vakillari Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar