Osiyo kubogi U23. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam bilan o‘ynaydi

  • 23 aprel, 2024, 10:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnashmoqda.

Bugun vakillarimiz guruh bosqich doirasidagi so‘nggi bahsda Vetnamga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da "Khalifa International" stadionida start oladi va bahsni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Kuvaytga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 6 taga etkazgan holda chorak final yo‘llanmasini ham naqd qilishgan. Bundan tashqari, legionerlarimiz ham termamizga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
23/04/2024 14:27
Олга,"Ок бурилар".Галаба ер булсин.
&
Musajon
23/04/2024 20:13
Финалда ғалаба қозонамиз!!!!,ОлғаЎзбекистон!!!
Adham Tuychiev
23/04/2024 18:02
Ishqilib olimpiadaga kvota olishsin. Ozgina qorquv bor 1/4 da. Iroq ham, Saudlar ham kuchli. Bizga Thailand qulay edi.
&
Olimov imomali
23/04/2024 14:43
Faqatgina gʻalaba 3...0 kamida olgʻa oq boʻrilar