
Osiyo kubogiga 24 fevral kuni qur’a tashlanadi. O‘zbekistonning savatchasidan qaysi jamoalar o‘rin olgan?
OFK 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qur’a tashlash marosimi vaqtlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 2022 yilning 24 fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qur’a tashlash marosimi onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg‘iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Saralash bahslari 2022 yilning iyun oyida markaziy tarzda o‘tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o‘yindan iborat bo‘lib, jamoalar ushbu bosqichda 8, 11 va 14 iyun kunlari 3 ta o‘yin o‘tkazishadi.
O‘FA matbuot xizmati
Fikrlar