Osiyo kubogining eng yaxshi darvozaboni "Andijon" sharafini himoya qiladi

  • 06.01.2026 21:51
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

“Andijon” jamoasining navbatdagi transferi yana bir Osiyo chempioni - Ne’matulloh Rustamjonov!

U 2008-yilning 17-mart sanasida Toshkentda dunyoga kelgan. 

Darvozabonning ilk jamoasi “Paxtakor”. Keyinchalik “Odil Junior”da ta’hsil oldi. 

2024-yili Osiyo chempionati saralashida 3 ta uchrashuvning 2 tasida darvozani qo’riqlab o’z postini munosib himoya qilgan va gol o’tkazmagan. 

O’tgan yili U-17 Osiyo chempionatida terma jamoamiz safida musobaqa g’olibligini qo’lga kiritdi va eng yaxshi darvozabon deb topildi. U 5 ta uchrashuvda qatnashgan va 2 ta quruq o’yin o’tkazgan. Shuningdek Qatardagi mundialda ham ishtirok etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!