
Osiyo o‘yinlari: 24 sentyabr kuni ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Ertaga, boks bo‘yicha musobaqalarga ham start beriladi.
Tabiiyki, turnirning ilk kunida o‘zbekistonlik bokschilar ham ringga ko‘tariladi. To‘g‘rirog‘i, ikki nafar yurtdoshimiz 24 santyabr kungi dasturda ringga ko‘tariladi.
Demak, ular bilan tanishing:
-80 kg: To‘rabek Xabibullaev - Dipak Shresta (Nepal) (13:25 dan so‘ng)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Irish Magno (Filippin) (16:40 dan so‘ng)
Izoh: Janglar boshlanish vaqti taxminan va Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Vakillarimizga ertangi jangda omad tilab qolamiz!
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar