Osiyo o‘yinlari: 25 sentyabr kuni uch nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazadi yoxud chempionlarimiz o‘z yurishini boshlaydi!

  • 24 sentabr, 2023, 19:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Bugun boks bo‘yicha ham bahslarga start berildi. Birinchi kungi dasturdan ikki vakilimizning jangi o‘rin olgandi va ular chiroyli g‘alaba bilan o‘z yurishlarini boshladi.

Tecno

Ertaga 25 sentyabr kuni uch nafar hamyurtlarimiz ilk janglarini o‘tkazadi. Kunduzgi dasturdan -66 kgda ringga ko‘tariladigan vakilamiz Navbahor Hamidovani jangi o‘rin olgan. U tailandlik  Janjaem Suvannapeng bilan bahs yuritadi. Kechgi dasturdan esa -51 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan eng nomdor bokschimiz Hasanboy Do‘smatov Janubiy Koreya vakili Sex Eong Joga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, -71 kgdagi vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham shimoliy koreyalik Jang Tae Ryangga qarshi jang bilan o‘z yurishini boshlaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!