
Osiyo o‘yinlari: 28 sentyabr kuni uch nafar bokschimiz jang qiladi yoxud Hasanboy Do‘smatov jiddiy raqibga qarshi!
Xanchjouda Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Ertaga 28 sentyabr kuni uch nafar bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Ayniqsa, -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hasanboy Do‘smatov printsipial raqibi qozog‘istonlik Saken Bibbosinovga qarshi jang qiladi.
Demak, ertaga ringga ko‘tariluvchi hamyurtlarimiz bilan tanishing!
-60 kg: Rayhona Qodirova - Dana Al-Jabor (Qatar) (16:00)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Saken Bibosinov (Qozog‘iston) (17:25 dan so‘ng)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Maryon Pianar (Filippin) (18:40 dan so‘ng)
Fikrlar