
Osiyo o‘yinlari: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev Shimoliy Koreya vakiliga imkoniyat qoldirmadi
Osiyo o‘yinlarining bugungi boks bahslarida -71 kg vaznda harakat qilayotgan vakilimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham o‘z jangini o‘tkazdi.
U Shimoliy Koreya vakili Jang Tae Ryang bilan bahs yuritdi. Butun raundlar mobaynida ustunlik qilgan hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi. U keyingi bosqichda Filippin vakili M.Pianarga qarshi jang qiladi. Shu tariqa bugungi kun dasturidan o‘rin olgan uch nafar vakilimiz ishtirokidagi janglar ham o‘z yakuniga etdi.
Fikrlar