
Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi. Navbatdagi bosqichda u azaliy raqibiga qarshi jang qiladi
Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bugungi bahslaridan nomdor bokschimiz Hasanboy Do‘smatovning jangi o‘rin olganligi haqida xabar bergan edik.
Olimpiada hamda jahon chempioni bo‘lgan yurtdoshimiz hozirgina Osiyo o‘yinlaridagi ilk jangini o‘tkazdi. U Janubiy Koreya vakili Sex Eong Joga qarshi ringga ko‘tarildi. -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yurtdoshimiz 1-raundda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ikkinchi raundda janubiy korelik bokschining ko‘zidan olgan jarohati tufayli, jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa Do‘smatov o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi. Endi u keyingi bosqichda printsipial raqibga aylangan qozog‘istonlik Saken Bibbosinov bilan to‘qnash keladi.
Oldinda bizni yana bir hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevning jangi kutib turibdi.
Fikrlar