Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik raqibni mag‘lub etdi

  • 28 sentabr, 2023, 17:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha bahslarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan ikkinchi vakilmizning jangi ham yakunlandi.

Unda yurtimizning eng nomdor bokschilaridan biri Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik eski raqibi Saken Bibbosinov bilan jang qildi. Keskin va shiddatli o‘tgan ushbu jangda hamyurtimiz o‘zining ajoyib harakatlari bilan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shuningdek, o‘zaro janglaridagi hisobni 2:1 qilib qo‘ydi. Bunga qadar ular ikki bor to‘qnash kelgandi va hisob 1:1 ko‘rinish olgandi.

Oldinda bizni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ishtirokidagi janglar kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!