
Osiyo o‘yinlari: Hasanboy Do‘smatovdan g‘alaba va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qildi!
Osiyo o‘yinlarining boks bahslari hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Bugun bir qator yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Ular orasidan o‘rin olgan -51 kg vazn toifasidagi janglarda hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi bahs yuritdi.
Ma’lumki, yaponiyalik bokschi ham -54 kg vazn toifasida Belgradda jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi. Xullas, final oldidan final jangi edi. Jang juda qiziqarli va shiddatli ravishda kechdi. Yakunda yurtdoshimiz 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l olishi bilan birga Parij Olimpiadasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi, hamyurtimiz osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun Tailand vakili Titsian Panmotga qarshi jang qiladi.
Oldinda bizni to‘rabek Habibullaev ishtirokidagi jang kutib turibdi.
Fikrlar