Osiyo o‘yinlari. Saudiya Arabistoni qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi, chorak finaldagi raqib - O‘zbekiston!

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlari nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Hindiston - Saudiya Arabistoni o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Unda saudiyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. 

Gollarning ikkalasiga ham Muhammad Maran mualliflik qildi. U 51 va 57-daqiqalarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda ular hamyurtlarimiz O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv 1 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
jamolidin
28/09/2023 21:22
bita golni urib olib wunaqangi uyin chuziw kerak arablarni uzlari ham bu nimasi deb yuborsin
ХОЛМУРОДОВ АМИР
28/09/2023 20:08
Арабларга карши тактик уйнашимиз керак асаблари дош бера олмайди.
ХОЛМУРОДОВ АМИР
28/09/2023 20:06
Рухан тайерлаш керак болалар Хитой хавосига тулик мослашиб кетмаяпти.
&
ал хилол
28/09/2023 19:35
Хар кандай ракибдан куркмаслик керак,олдиндан вахима килма
&
Akangman
28/09/2023 18:36
Yutadi Oʻzbekiston olgʻa
&
Бахромжон Турсунов
28/09/2023 18:30
Устозлар байрамига совға қилишади Иншааллох.