
Osiyo o‘yinlari: Sitora Turdibekovadan ishonchli g‘alaba!
Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan 2-bokschimiz ham ringga ko‘tarildi.
Ya’ni, -57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sitora Turdibekova pokistonlik Fotima Zahraga qarshi jang qildi. Butun jang mobaynida raqibidan faolroq va aniqroq harakat qilgan yurtdoshimiz, yakunda xaqli ravishda g‘olib chiqdi. Hisob 5:0 ko‘rinish oldi.
Endi yurtdoshimiz keyingi bosqichda hindistonlik Parveenga qarshi bahs yuritadi. Oldinda bizni To‘rabek Habibullaev va Lazizbek Mullajonovlarning jangi kutib turibdi!
Fikrlar