O‘smirlar Olimpiadasi dasturiga yana bir ajoyib sport turi kiritildi

CHERY AUTO

Muay-tay sport turi Dakar-2026 o‘smirlar Olimpiadasi dasturiga kiritildi.

Tecno

Musobaqaga jami 26 ta sport turi kiritilgan. Ularning 13 tasi Dakar-2026 dasturidan o‘rin olgan. Mazkur yo‘nalishlarda qatnashadigan atletlarning yosh chegarasi 14-17 etib belgilangan. Bunga quyidagi sport turlari kiritiladi: Engil atletika, boks, futzal, stol tennisi, sohil kurashi, badminton, veloshosse, dzyudo, taekvondo, 3x3 basketbol, konkur, suzish va triatlon.

Quyidagi 13 sport turida yosh chegarasi 15-18 ni tashkil etib, ularda Dakar-2026 litsenziyalari o‘ynalmaydi: tuyalar poygasi, golf, kabaddi, tekbol, og‘ir atletika, otlar marafoni, gandbol, aralash jang san’ati turlari, voleybol, kibersport, jiu-jitsu, muay-tay, sport kurashlari (yopiq inshootda).

Bu haqda O‘zbekiston muay-tay federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!