Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda "Ufa" "Axmat" maydonida...

  • 7 aprel, 2021, 23:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Rossiya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Axmat” hamda “Ufa” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Grozniy shahrida kechgan bellashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golga Evgeniy Xarin (55') mualliflik qildi. Shu tariqa “Axmat” Rossiya kubogining yarim finaliga yo‘l oldi.

“Ufa” safidagi hamyurtimiz Oston O‘runov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi.

Endi “Ufa” 10 aprel kuni Rossiya premer-ligasining 25-turi doirasida “Axmat”ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!