Oston O‘runov Eronda qoladigan bo‘lyapti!

  • 17 dekabr, 2024, 11:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov hozirda Eronning "Persepolis" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Jamoa o‘tgan mavsumda hamshahari "Istiqlol"ni ortda qoldirib, mamlakat chempioinga aylangan edi. Hamyurtimiz o‘tgan mavsum bir qancha o‘yinlarni qutqargan edi. 

Tecno

Bizga ma’lum bo‘lishicha, O‘runov "qizillar" bilan shartnomasini uzaytiradi. Klub sport direktori ham yaqinda bu xabar rasman e’lon qilinishini ma’lum qildi. "Persepolis" murabbiylari va rahbarlari legionerimizga to‘liq ishonadi va uni qo‘yib yubormoqchi emas. 

Eslatib o‘tamiz, ikki kundan so‘ng 24 yoshga to‘ladigan vinger joriy mavsum Eron Pro-ligasida 8 ta o‘yinda qatnashdi va bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!