Otabek Shukurov Serbiyaning «Radnik» klubiga o‘tdi

  • 02.10.2026 20:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyaning «Radnik» klubida davom ettiradi. Bu haqida Serbiyaning «Sport Jurnal» nashri xabar berdi.

30 yoshli markaziy yarim himoyachi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Shukurov o‘tgan mavsumni BAAning «Baniyos» klubida o‘tkazgan.

Futbolchi faoliyati davomida Turkiyaning «Karagumruk» va «Kayserispor», shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al-Fayha» hamda BAAning «Sharja» klublarida to‘p tepgan. «Sharja» bilan BAA chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!