O‘tgan mavsumni "Barselona"da o‘tkazgan futbolchi A Seriya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 13.07.2019 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Barselona” safida ijarada o‘tkazgan himoyachi Jeyson Murilo “Sampdoriya”ga ko‘chib o‘tdi.

Genuyaliklar 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini keyinchalik 12 mln evro evaziga sotib olish sharti bilan “Valensiya”dan bir yilga ijaraga olishdi. Ular ushbu ijara uchun “ko‘rshapalaklar”ga 2 mln evro to‘lashdi.

Ta’kidlash kerakki, Murilo uchun A Seriya begona emas. Boisi, u 2015-2017 yillarda “Inter” klubida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!