O‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Akmal Mozgovoy g‘alaba haqida nimalar dedi?

  • 27 may, 22:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superkubogida "Nasaf" finalda "Andijon" bilan to‘qnash kelib, penaltidan urilgan gol evaziga1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu bellashuvdan so‘ng o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Akmal Mozgovoy matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Avvalambor Assalomu Aleykum, "Nasaf" muxlislarini kubok bilan tabriklayman. O‘yin davomida yomg‘ir ham, atmosfera ham ajoyib o‘tdi". 
 
Bu mavsumda jamoa tayanch yarim himoyasida faqatgina bir o‘zingiz o‘ynamoqdasiz. Shunga qanday qaraysiz? 
 
"Bu erda hech qanday muammo yo‘q. Biz asosiysi jamoaviy bo‘lib harakat qilmoqdamiz". 
 
Sizni kelasi mavsum ham "Nasaf" safida ko‘ramizmi? 
 
"Xudo Xohlasa" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi milliy terma jamoamiz a’zosi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Mozgovoy 5 va 10 iyun kunlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga, BAA va Qatarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!