Ozarbayjon sport vaziri: Mxitaryanga alohida samolyot jo‘natishimiz kerakmidi?

  • 26 may, 2019, 17:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Azad Ragimov "Chelsi"ga qarshi Bokuda bo‘lib o‘tadigan Evropa ligasi finaliga kelmaslikka qaror qilgan "Arsenal"ning armanistonlik yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni jiddiy tanqid ostiga oldi.

Tecno

“Mxitaryanning xavfsizligi uchun yana qanday chora qilish kerak? Biz qo‘limizdan kelganini qildik. Bizdan yana nima talab qilishyapti? Biz Mxitaryanga 2 ta qiruvchi samolyot kuzatuvida bo‘lgan alohida samolyot jo‘natishimiz kerakmidi?

Biz UEFA va “Arsenal”ga barcha kerakli hujjatlarni taqdim etdik. Men shaxsan hukumatdan va barcha xavfsizlik tuzilmalaridan kafolat xatini taqdim etgandim”, - deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon va Armaniston davlatlari o‘rtasida ayni damda o‘zaro siyosiy nizolar mavjud.

Ma’lumot uchun, "Chelsi" - "Arsenal" bahsi 29 may kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!