
"O‘zbek ajdari" Toshkentda jang qiladi
"O‘zbek ajdari" nomi bilan mashhur og‘ir vazn toifasidagi MMA jangchimiz Azamat Nuftillaev(12-1-1)ning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz 29 dekabr kuni muhtasham "Xumo arena" majmuasida o‘tkaziladigan "Octagon 69" turnirida ishtirok etadi. Unga braziliyalik Fernando Batista (12-8) raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nuftillaev oxirgi jangida Edivan Santosni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar