O‘zbek futbolchisi: “Yuventus” taklifini qabul qilmaganim katta xato bo‘ldi!

  • 20 avgust, 2023, 23:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kuchli beshlik chempionatlaridan biri – Italiya ligalarida o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisi Ilyos Zeytullaev hisoblanadi. Oradan yigirma yildan ko‘proq vaqt o‘tib, yana ikki nafar vakilimiz kuchli beshlik ligalariga qo‘shildi. Eldor Shomurodov uch yildan beri A Seriyada o‘ynayotgan bo‘lsa, Abduqodir Husanov yaqindagina Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safidan qo‘nim topdi.

Ilyos Zeytullaev “RB Sport” nashriga intervyu berib, futbol ishqibozlarini qiziqtiradigan ko‘plab masalalarga oydinlik kiritib berdi.

Sports.uz portali ushbu intervyudan parchalarni o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola etadi.

zeytullaev zidan

- Sizni Rossiyaga chorlay boshlashdi...

- Ha. Men katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Yoshlik qildim. Bizga Rossiyadan shartnomalar va pullarni va’da qilishdi. Lekin vaqt o‘tishi bilangina biz dunyoning eng zo‘r klublaridan biriga tegishli bo‘lganimizni anglab etdim. Chalg‘imasdan, o‘z yo‘limizdan ketishimiz kerak edi.

Esimda, o‘shanda meni “Yuventus” rahbarlaridan Luchano Modjo suhbatga chaqirgan edi. U menga “Ilyos, siz uch yildan beri klubimiz tizimidasiz. Hammasi yaxshi ketyapti. Hozir boshqa jamoalar haqida o‘ylashning mavridi emas. Biz bilan shartnomani uzaytiring, sizni kuzatib boramiz. Ijaraga jo‘natamiz. Asosiy tarkibga loyiq bo‘lganingizda yana ortga qaytaramiz. Asosiysi, xatoga yo‘l qo‘ymaslik”, degan edi.

Men uning gaplariga quloq solmadim. Bu “Yuventus”ga yoqmadi. Ular men bilan shartnomani uzaytirmadi.

- Siz pullar haqida gapirdingiz. O‘shanda sizning yoshingizdagi o‘yinchilar “Yuventus”da qancha olardi?

- Hammasi  har xil. Lekin ko‘p emas. Bir necha ming evro xolos. Lekin bizning turarjoy va ovqatimiz ham to‘lanardi. Agar o‘zingni ko‘rsatsang, maoshni ham ko‘tarishardi. Lekin buning uchun kerak ekaningni doim isbotlashing shart edi.

- Sizga Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynash taklifi bo‘lganmi?

- Ha, taklif bo‘lgan. Juda jiddiy. Lekin men O‘zbekiston terma jamoasi uchun o‘ynashni ma’qul topdim. Bu mamlakatda o‘sib-ulg‘ayganman.

- “Yuventus”dan keyin Italiyaning sakkizta klubini alishtirdingiz. O‘zingizni qaysi jamoada eng yaxshi his qilgansiz?

- Qaysinisida o‘ynagan bo‘lsam, o‘shanda. “Yuventus”dan “Redjina”ga o‘tdim. Bu ham juda kuchli jamoa edi. Maydonga tusha boshladim, “Inter” va “yuventus”ga qarshi o‘ynadim. Keyin og‘ir jarohat oldim. Jiddiy operatsiya bo‘ldi. “Redjina”dan ketishga majbur bo‘ldim.

O‘sha payt Gasperini V Seriyaga “Krotone”ga taklif qildi. Jarohat tufayli faoliyatimni tugatsam kerak, deb o‘ylab yurgandim. Gasperini meni oyoqqa turg‘azdi. Formamni tiklab oldim, asosiy tarkibda o‘ynadim. Keyin meni “Jenoa”ga olib ketishdi. Bu davr men uchun juda yaxshi o‘tdi. Lekin yana jarohatga yo‘liqdim. Aslida operatsiyaning asorati faoliyatimga ta’sir qilgan edi.

- “Verona”da yo‘lingiz Mauritsio Sarri bilan kesishdi...

- Yarim hazil voqea bor. Biz S Seriyada o‘ynardik, vazifa – V Seriyaga chiqish. Sakkizta uchrashuvdan keyin oxiridan bitta yuqori o‘rinda borayotgan edik. Muxlislar bizni o‘ldirishga ham tayyor edi. Vaziyatni o‘nglash uchun Sarri keldi. Kiyim almashtirish xonasiga og‘zida sigaret bilan kirdi. Butsalarimizni ko‘zdan kechirdi.

- Kimning butsasi rangli bo‘lsa, mening jamoamda bir soniya ham o‘ynamaydi, - dedi.

Biz hammasini tushundik. Uning darajasini bilib oldik.Uning boshchiligida tahlil, psixoligiya, texnik-taktik harakatlar, o‘yinning barcha omillari yuqori darajada ishladi. U faoliyatimdagi eng kuchli murabbiylardan.

zytu

- Siz 2014 yili faoliyatingizni tugatdingiz. Nega Italiyada qolishga qaror qildingiz?

- 2011 yili hayot tubdan o‘zgardi. Rafiqamni uchratdim. Otamning izidan borib, murabbiy bo‘lish istagi paydo bo‘ldi. Bolalar futbolidan boshladim. Keyin litsenziya oldim. Hozir beshnchi divizionda “Virtus Kupello” bosh murabbiyiman. Tajriba to‘playapmiz. Yuqori divizionlarga chiqishga umid qilaman. Juda og‘ir bo‘ladi. O‘z yo‘limdan ketaman.

Taniqli legionerimiz: Meni Anchelotti mashg‘ulotga jalb qildi!

Legionerimiz: “Bordo”, “Feyenoord”ga borganman, lekin meni “Yuventus” oldi!

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!