O‘zbek legionerlari faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi!

  • 20 oktabr, 2020, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropadan so‘ng, Rossiyada ham transfer bozori yakunlandi. Pandemiya tufayli butun dunyoda transfer bozori muddatlari va narx-navolar o‘zgarishga yuz tutdi. Rossiya chempionatining transfer oynasi 26 iyuldan 17 oktyabrning tunigacha davom etdi.

Eng qizig‘i, bu gal Rossiya chempionatidagi o‘zbekistonlik legionerlarning barchasi transfer amaliyotida ishtirok etdi.

Biz yozgi transferlar vaqtida o‘zbekistonlik legionerlar faoliyatida yuz bergan o‘zgarishlar haqida to‘xtalamiz.

Eldor Shomurodov

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining “Rostov”dan A Seriya vakili “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan o‘zbek futboli tarixida muhim voqea bo‘ldi.  Bu transfer orqali Eldor Shomurodov mamlakatimizning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Genuyaliklar o‘zbek futbolchisi uchun “Rostov”ga 7,5 million evro to‘laydi. Shuningdek, 1,5 million evro miqdorida bonus beradi va keyingi transferdan 15 foiz ulush ajratadi. Umumiy hisobda, Eldor “Jenoa”ga 9 million evroga tushgani aytilmoqda.  

large_75   

Eldor uzoq tanaffusdan so‘ng, yana gol ura boshlagani barchamizni xushnud etmoqda. Avvaliga, “Rostov” tarkibida Evropa Ligasida “Makkabi” darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchimiz, keyin milliy terma jamoamizning o‘rtoqlik uchrashuvida Eron posbonini ojiz qoldirdi. Bundan buyog‘iga himoyasi bilan nom taratgan Italiya klublari darvozasini nishonga olishi kerak bo‘ladi.

Oston O‘runov

“Paxtakor”da tarbiyalanib, “Navbahor”da shakllangan 19 yoshli yarim himoyachi 2020 yilning boshida “Lokomotiv”dan “Ufa”ga yo‘l olgan edi. Rossiya futboli grandlari e’tiborini qozonish uchun hamyurtimizga o‘nta o‘yin kifoya qildi. Rossiyalik muxlisu mutaxassislarga Ostonning kreativ o‘yin uslubi, kutilmagan harakatlari, driblinglari va kurashuvchanlik qobiliyati juda ma’qul keldi. Yozgi transfer oynasi ochilishi bilan etakchi klublar o‘zbek futbolchisiga og‘iz sola boshladi.

unnamed_1

Ostonni Rossiya chempionatiga taklif qilgan “Ufa”ning o‘sha paytdagi bosh direktori Shamil Gazizovning “Spartak” klubiga ko‘chib o‘tgani O‘runovning shu jamoaga qo‘shilishida muhim rol o‘ynadi. Yosh o‘yinchi 1,5 million evro evaziga “Spartak” a’zosiga aylandi. Unga 2 million evrolik takliflar ham bor edi.  Chempionat o‘yinlarida “Spartak”ning  asosiy tarkibida o‘yinga tusha boshlagan Oston kubok bahsida gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Umuman olganda,  hozir jarohatini davolatayotgan legionerimizning ishlari chakki emas.

Jasur Jaloliddinov

“Bunyodkor”ning yosh futbolchisi Jasur Jaloliddinovning Chempionlar ligasi ishtirokchisi “Lokomotiv” tarkibiga ko‘chib o‘tgani ham ancha shov-shuv bo‘ldi. Nafaqat yurtimizning, balki o‘z tengqurlari orasida dunyoning eng iqtidorli futbolchilari qatoriga kiritilgan Jasurga bitta nazorat uchrashuvida imkon berildi xolos.

Qisqa qilib aytganda, “temiryo‘lchilar”ning yangi bosh murabbiyi Marko Nikolich katta davralarni ko‘rmagan yosh iste’doddan ko‘ra, suyagi qotgan tajribali o‘yinchilarga ishonch bildiradigan bo‘ldi. Klub ayrim uchrashuvlarda zaxirada o‘tirgan o‘zbekistonlik legionerni premer-liga qaydnomasidan chiqardi.

jaloliddinov-loko-withball

Transfer oynasi yopilishi arafasida Jasurning oldida boshqa variant paydo bo‘ldi. “Tambov” uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Endi o‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatida to‘p sura olishini isbotlab qo‘yishi kerak.

Vagiz Galiulin

O‘z vaqtida Rossiya chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan tajribali yarim himoyachimiz Vagiz Galiulin  o‘tgan mavsumdan so‘ng, “Tambov”ga ijaradan qaytib kelgandi.  Tambovliklar uni yana “Nefteximik”ka qo‘yib yubordi. Galiulin  Milliy futbol ligasida “Nefteximik” sardori sifatida to‘p tepyapti. Hamyurtimiz ikkita gol urishga ham erishdi. Uning jamoasi yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda.

galiulin-neftekhimik-1593967389-42792_2

Bobir Davlatov

“Nefteximik” yaqinda yana bir o‘zbekistonlik legioner Bobir Davlatovni ham o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Yurtimizning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan Davlatov “Rubin”da malaka oshirgandi. Lekin yoshligi tufayli bu klubning asosiy tarkibiga kira olmadi. Natijada Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalarida o‘ynadi. 2017 yilda “Nefteximik”da beshta o‘yinda maydonga tushgan Davlatov bu yil yana Nijnekamskka borib, jamoa safiga qo‘shildi.

Hozircha futbolchimiz yangi jamoasi safida oltita uchrashuvda ishtirok etdi.

500_5a39574fb917a

Vitaliy Denisov

O‘zbekiston terma jamoasidagi ishonchli o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Vitaliy Rossiyadagi eng unvoni ko‘p legionerimiz hisoblanadi. U Rossiya chempioni va kubogini bir necha bor qo‘lga kiritdan. UEFA kubogida g‘olib chiqqan futbolchilardan.

Denisov o‘tgan mavsumni premer-ligada “Rubin” tarkibida boshlab, Milliy futbol ligasi etakchisi “Rotor” tarkibida yakunladi. Joriy mavsumdan e’tiboran premer-ligada o‘ynayotgan “Rotor” yozda futbolchimiz bilan aloqani uzdi. Bunga tomonlar maosh masalasida kelisha olmagani sabab bo‘ldi.

denisov-rotor-1594544750-43298

Qisqa muddat ishsiz yurgan Denisovni Milliy futbol ligasida qolish uchun kurashayotgan “Tom” jamoasiga yordam berishga taklif qilishdi. Vitaliy taklifni qabul qildi va musobaqadagi ishtirokini boshlab yubordi. Lekin “Tom” baribir quyi pog‘onalardan ko‘tarila olmayapti.

Rossiya futboli: O‘zbek futbolchilari daromad keltirdi

Shomurodov debyutga qanday tayyorlanmoqda yoxud u qachon maydonga tushadi? (foto)

Shomurodovning to‘rt jamoadoshi safga qaytdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!