O‘zbek muaytay olamining yorqin yulduziga Andijon viloyati hokimi avtomobil sovg‘a qildi!

  • 12 iyul, 2022, 14:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Andijon viloyatining Shahrixon tumanida Qirg‘izistonning WEF hamda Patriot FC promousheni hamkorligida MMA kechasi tashkil etildi. 

Tecno

Mazkur jang oqshomining 2-markaziy jangi K-1 yo‘nalishida o‘tkazilib, unda o‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzi Mavlonbek Qahhorov ozarbayjonlik Mexdi Ayvazovga qarshi jang qildi. 

Ushbu jang bor yo‘g‘i 15 soniya davom etdi. Hamyurtimiz o‘zining kuchli "midl-kik" zarbasi bilan raqibni nokautga uchratdi. 

Jang yakunlangandan so‘ng, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Mavlonbek Qahhorovga Cobalt avtomobili sovg‘a qildi. 

Biz Mavlonbek bilan bog‘lanib, ushbu jang va jangdan keyingi voqeyliklar borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdik.

- To‘g‘risi, juda xursandman. Umuman yurtimizda sportga e’tibor qaratayotgan barcha insonlarga jumladan, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga ham ajoyib sovg‘a uchun katta rahmat aytaman. Shuningdek, murabbiylarim Sherbek Bilolov, Bekzod Jiyanovga, jang tashkil qilib, yaqindan qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Nursulton Ro‘ziboevga, Xojiakbar Hakimovga qolaversa, sog‘lig‘imizni doimiy nazoratda ushlab, juda katta yordam berib kelayotgan Abdumajid Mahmudovga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. 

Orada 10 yillik tanaffus bo‘ldi, lekin to‘xtab qolganimiz yo‘q. Oldinda bizni nufuzli promoushenda janglar kutib turibdi. O‘ylaymanki, yana yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz! 

292944126_363982829222793_6272170264591992555_n.webp

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!