O‘zbek polvoni Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindorining kuragini erga tekkazdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Yaponiyada dzyudo bo‘yicha yuqori nufuzli musobaqa - "Katta Dubulg‘a" turkumidagi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi asosiy yosh polvonlardan iborat yangi tarkib bilan ishtirok etmoqda.
 
Musobaqada 73 kilogramm vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz G‘iyosjon Boboev o‘z iste’dodi bilan muxlisu mutaxassislar ishonchini oqladi. G‘iyosjon dastlabki uchrashuvda mo‘g‘ulistonlik Batgerel Battsetsegni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq, ikkinchi bellashuvda bo‘lajak chempioni - yaponiyalik Osiyo chempioni Soichi Xashimoto jarima bali tufayli yutqazib qo‘ydi.
 
Shunday bo‘lsa-da, G‘iyosjon bronza medal uchun kurashni davom ettirdi. Dastlab rossiyalik Denis Yartsev o‘zbek polvoni qarshisida ojiz qoldi. "Masters" turkumidagi turnir g‘olibi bo‘lgan rossiyalik dyuzdochi "vazari" bahochi orqali mag‘lub etildi.
 
Nihoyat, bronza medal uchun bo‘lgan hal qiluvchi bahsda G‘iyosjon Boboevga belgiyalik mashhur dzyudochi, Rio Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Dirk Van Tishelt ro‘baro‘ bo‘ldi. Hamyurtimiz uchrashuvning uchinchi daqiqasi davomida nomdor raqibini "ippon" bahosi bilan engdi va bronza medalga ega chiqdi.
 
 
Ushbu vazn toifasida sovrinli o‘rinlarni faqat dzyudo vatani Yaponiya va O‘zbekiston polvonlari egalladi. 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!