O‘zbekiston – Malayziya 5:1 (matnli translyatsiya)

  • 9 oktabr, 2021, 20:00
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Birozdan so‘ng O‘zbekiston va Malayziya terma jamoalari o‘rtasidagi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi start oladi. Bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.

Tecno

90. Uchrashuv yakunlandi. Termamiz o‘rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozondi.

87. GOOOOOOOOL! Amanov hisobni 5:1 ko‘rinishiga keltirdi. Sergeevning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘p Amanov kelib tushdi. Himoyachi va darvozabonni ortda qolirgan Azizbek gol urishga erishdi.

85. Umarovning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

84. Masharipovning zarbasi himoyachining quliga tegdi, biroq hakam penalti belgiladi.

81. Shamsudinning zarbasi to‘g‘ri Valijon Rahimov turgan nuqtaga kelib tushdi.

79. O‘zgarish: Norchaev o‘rniga Amanov tushirildi.

78.ZARBAAA! Bu safar Masharipov o‘z darvozaga zarba berishga qaror qildi. To‘p darvoza to‘sini yonginasidan o‘tib ketdi

74. Sergeev to‘pni Saitovga uzatgandi. Dilshod zarbe berish pozitsiyasiga chiqib bora olmadi.

70. Katanets Hamdamov o‘rniga Umarovni, Ashurmatov o‘rniga esa Tursunov tushirdi.

67. GOOOOOOOOOOL! Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p farqini yana bittaga oshirib qo‘ydi. Yo‘ldoshev Masharipov kombinatsiyasini Ibrohimhalilning o‘zi gol bilan yakunladi.

65. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev qanotdan katta teo‘likda kirib bordi va to‘pni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Darvozabon to‘pni o‘yinga kiritib beradi.

63. Ikki kishi bo‘lib Masharipovga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi

60. Termamiz safida o‘zgarish bo‘ladi. Shukurov, Sayfiev va Shomurodov maydonni tark etdi. Sergeev, Yo‘ldoshev hamda Mozgovoy o‘yinni davom ettiradi. 

58. Masharipov Shomurodovga to‘pni ohista qoldirdi. Eldorning zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to‘pni Jaloliddin Dostonga uzatdi. Hamdamovning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

56. Shomurodovning kuchsiz zarbasini darvozabon egallab oldi.

55. VUUUUH! Sayfievning havolatib uzatgan to‘piga Shukurov bosh bilan zarba berdi. Darvozabon o‘z o‘rnida.

54. Hamdamov erlatib uzatgan to‘pini himoyachi qaytardi.

50. Aziz G‘aniev qanotdan uzatgan to‘pi hech kimga tegmay maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

48. Norchaev ikkinchi qavatda to‘p uchun kurashda fol ishlatdi. 

46. Ikkinchi taymga start berildi.

45. Birinchi bo‘lim yakunlandi.

45. GOL! Raqib hisobni qisqartirishga erishdi. Darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘ni Baxtiyar darvozaga joylab qo‘ydi.

43. Malayziya brinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida ancha qo‘shdi.

41. Masharipovning bu safargi uzatmasi Shomurodovgacha etib bormadi. Himoyachilar ishonchli o‘ynadi

37. Goldan ruhlangan termamizy oldinga o‘tishda davom etmoqda

34. Malayziya terma jamoasi burchak to‘pidan unumli foydalana olmadi.

32. GOOOOOOOOOL! Husayn Norchaev terma jamoadagi debyut golini urdi. Sayfievning uzatmasidan so‘ng hujumchimiz uchib kelib bosh bilan gol urdi.

28. GOOOOOOOOOOOOL! Doston Hamdamovdan dubl! Masharipov bir himoyachini osonlikcha ortda qoldirib to‘pni ichkariga uzatdi. Hamdamov deyarli bo‘sh qolgan darvozani bosh bilan ishg‘ol qildi.

27. Shomurodov maydondan chiqib ketayotgan to‘pga ulgurib bordi va Norchaeagv uzatdi. Husayn to‘pga eta olmadi.

25. Masharipovning jarima to‘pidan yo‘llagan kuchli zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

25. Jarima maydoni yaqinidan stantdart  vaziyatda egamiz.

24. Sayfiev yana qanotdan to‘pni uzatdi. Hamdamov havodagi to‘pni to‘xtatmay zarba yo‘lladi. To‘p himoyachiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

21. Jaloliddin Masharipov standartdan to‘pni ichkariga uzatdi. Ashurmatovning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

20. Sayfievni jarima maydoni yaqinida yiqitishdi.

18. Masharipov to‘pni jarima maydoni ichiga uzatgandi. Hamdamov to‘pni to‘xtata olmadi. 

16. GOOOOOOOOOOOL! Sayfiev qanotdan pas uzatdi. Norchaev chiroyli tarzda to‘pni o‘tkazib yubordi. Hamdamov esa yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochishga erishdi. 

14. Himoyachining xatosidan so‘ng to‘p Masharipovga kelib tushdi. Jaloliddin jarima maydoni ichiga kirib bordi, biroq zarba berishga kech qoldi.

12. Maydon markazida Shukurovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi.

9. ZARBAAA! Husain Norchaevning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

8. G‘aniev hujumga o‘tib ketayotgan raqibini to‘xtatib qoldi.

7. Standart vaziyatdan so‘ng Aliqulov bosh bilan zarba berdi. To‘p darvozaning yonginasidan o‘tib ketdi.

5. Norchaev hujumda fol ishlatdi.

4. Vakillarimiz maydon markazida to‘pni bir-biriga oshirib yangi hujum boshlamoqchi bo‘lyapti

2. Otabek Shukurovning jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pini darvozabon ushlab oldi.

1. Hakam xushtagi yangradi. Bahsni vakillarimiz boshlab beradi.

0. Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
09/10/2021 20:29
Бугун МТЖ дан фақт йирик ҳисобдаги ғалабани кутамиз. Олға ўзбегим йигитлари.
&
Toʻlqin
09/10/2021 20:10
Nega Uzbekiston telekanallarida quymayapsizlar