
O‘zbekiston - Iroq: Penaltilar seriyasini onlayn kuzatib boring! (matnli translyatsiya)
U23 Osiyo Kubogi chorak finali doirasidagi O‘zbekiston - Iroq uchrashuviga start berildi. Quyida mazkur qarama-qarshilikdan matnli translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin.
3:2
GOL! Alisher Odilov! O‘ng tomonga aniq zarba!
NAZAROV! Vladimirdan SEYV! Chap tomonga berilgan zarbani posbonimiz qaytardi! Yashavor, Volodya!
GOL! Abbos Fayzullaev o‘ta aniqlik bilan ijro etdi!
YO‘Q! Ramazon Juma tepgan to‘p ustundan qaytdi!
Seyv! Muhammadqodir Hamralievning urinishini darvozabon qaytardi.
GOL! Hasan Raev ham chap burchakka zarba berdi.
GOL! Jo‘raqo‘ziev! U ham chap burchak to‘rini titratib yubordi!
GOL! Merchas chap burchakni aniq nishonga oldi.
Birinchi zarba raqiblarda! To‘p yonida Merchas Solih.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bahs 140 daqiqadan ko‘proq davom etdi.
120+2. Uchrashuv vaqti yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga!
120+1. To‘p vakillarimizda, so‘nggi hujum bizda bo‘ladi!
120+1. Fayzullaevdan xavfli zarba. To‘p darvoza yonidan o‘tib ketdi.
120. Ikkinchi ekstra taymga ham 1 daqiqa qo‘shildi.
118. Nazarov darvozasi tomon olis masofadan berilgan zarba noaniq ketdi.
118. O‘yin tempi pasaydi. Futbolchilar ruhan va jismonan penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
117. Raqib futbolchisi jarima maydonimiz ichida yiqilib tushdi. Hakam o‘yinni davom ettirishga ruxsat berdi.
115. So‘nggi daqiqalarni raqib nisbatan faolroq o‘tkazmoqda. Bo‘shashish kerak emas, yigitlar!
113. Hojimat Erkinov hamda Husain Norchaev zaxiraga olindi. Ular o‘rniga Otabek Jo‘raqo‘ziev va Alisher Odilov maydonga tushdi.
112. Abbos Fayzullaev qanotdan yorib kirdi va to‘pni jarima maydoni markaziga oshirdi. Afsus, u erda biznikilardan hech kim yo‘q.
110. Videotakrorni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan referi vaziyatni qizilga tortmaydi deb topdi.
109. Hakam VARga murojaat qildi. Jiyanovga qizil kartochka ko‘rsatilishi mumkin.
108. Iroqlik futbolchi ayyuhannos solib, hakamning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Emishki, unga nisbatan qoida buzilgan. Referining ham uning sazasini o‘ldirgisi kelmadi...
107. Ruslan hamon to‘pni o‘zida ko‘proq ushlab yubormoqda.
106. Ikkinchi qo‘shimcha bo‘lim boshlandi! Olg‘a, yigitlar!
105+1. Ekstra taymlarning dastlabkisi nihoyasiga etdi. Hisob hamon 2:2!
105. Birinchi ekstra taymga 1 daqiqa qo‘shildi.
105. Abbosning uzatmasiga sheriklaridan hech kim eta olmadi.
105. Jarima maydonidan biroz uzoq bo‘lgan hududda standartga egamiz. To‘p yonida Fayzullaev.
104. Burchakdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni iroqliklar posboni ushlab oldi.
103. Jiyanov reydlari bilan ajralib turibdi, ammo vaqti kelganda pas berishni esdan chiqarmaslik lozim.
102. Ruslan Jiyanovdan xavfli zarba, biroq to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
100. Fayzullaev erta pressing uyushtirib, himoyachini xato qilishga majbur qildi. Ammo darvozabon to‘pni ega chiqdi.
99. Chap qanotdan oldinga o‘tgan Jiyanov qoida buzish evaziga to‘xtatildi, ammo maydonda iroqlik futbolchi yotibdi.
98. O‘yin mutlaqo teng kurashlar ostida davom etyapti. Bir O‘zbekiston, bir Iroq xavfli hujum uyushtirmoqda.
97. Norchaev keragidan ko‘p xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Bu safar u pas ijrosida adashdi.
96. Pas berishni paysalga solgan Ruslan to‘pni yo‘qotdi. Yaxshi hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
95. Alibek Davronovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
94. Bo‘rievning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ketdi.
93. Jiyanov to‘p o‘rniga raqib oyog‘ini tepib yubordi. Hayriyat, futbolchilar jiddiy jarohat olmadi.
92. Vakillarimiz hamon katta kuch bilan oldinga o‘tmoqda.
91. Birinchi ekstra taymga start berildi!
90+4. O‘yinning asosiy vaqti yakunlandi! Endi ekstra taymlar guvohiga aylanamiz!
90+3. Juda xavfli vaziyat! Hamralievning bosh bilan yo‘llagan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib maydonni tark etdi.
90+3. Burchak zarbasi, muxlislar gol so‘ramoqda!
90+1. Erkinovning zarbasini himoyachi yuzi bilan qaytardi.
90+1. Hojimat bugun tinmayapti. Uning qanoti juda faol. Barakalla!
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo‘shildi.
90. Raqib futbolchisi Jiyanovga nisbatan ancha qo‘pol harakat qildi, uning ustiga, unga o‘rnidan turishi kerakligini aytib baqirdi.
89. Ramazon Jumadan yana bir o‘ta xavfli zarba. Bu safar to‘p to‘rga tashqi tomondan kelib tegdi.
87. ahmad Hasan o‘z o‘rnini Maytam Vadga bo‘shatib berdi.
86. Saidazamatning uzatmasidan so‘ng Norchaev to‘pga eta olmadi.
84. Bahs teng kurashlar ostida davom etmoqda. Kimning irodasi kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘alabani ilib ketadi!
82. Iroq darvozaboniga shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatdi.
81. Futbolchilar asablarini jilovlab olishi lozim. Ular janjallashib ketdi.
80. Mirsaidovning jarima maydoniga oshirgan to‘pini raqib futbolchilari egallab oldi.
79. Raqib erta pressing uyushtirishni boshladi. Bu biz uchun markazda bo‘sh pozitsiyalar degani.
78. Jasurbek Jaloliddinov o‘z o‘rnini Abbosbek Fayzullaevga bo‘shatib berdi.
77. Ramazon bu safar ancha xavfli zarba berdi, Nazarovdan seyv!
76. Iroqlik futbolchi maydonda yotibdi.
75. Hojimat Erkinovga tibbiy yordam kerak.
73. Raqib xavfli hujum uyushtirdi. Avvaliga zarba yo‘liga himoyachi g‘ov bo‘ldi, so‘ngra Ramazon Jumaning kuchli zarbasi to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
72. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yin tempini ancha oshirdi.
71. To‘p nazorati Kapadze shogirdlari tomonda bo‘lib turibdi.
70. Vakillarimiz faollikni oshirdi. Bizga gol kerak!
69. GOL! Iroqliklar hisobni tenglashtirdi.
O‘tkir burchakdan berilgan zarba aralash uzatmani Nazarov qaytara olmadi.
67. Jasurbekka tibbiy yordam ko‘rsatildi. Iroqliklar ancha qo‘pol o‘yin namoyish etyapti.
65. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pga Ammar G‘olib biroz noaniq zarba berdi.
63. Ulug‘bek Hoshimov hamda Eldorbek Begimov o‘rniga Ruslanbek Jiyanov va Saidazamat Mirsaidov o‘yinga qo‘shildi.
62. Nazarov bugun ishonchli harakat qilyapti. Jarima maydoniga havodan oshirilgan to‘plarning deyarli barchasini u egallab olmoqda.
61. Husain va Ulug‘bek bir-birini tushunmay harakat qildi, natijada, to‘pni yo‘qotdik.
60. Hoshimov yiqilib tushdi, hakam o‘yinni davom ettirishga ko‘rsatma berdi.
59. Futbolchimizga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
58. Begimovdan qahramonona harakat! Eldorbek so‘nggi kuchini to‘plab to‘pni jarima maydonidan uzoqlashtirdi va maydonga yiqildi.
57. Raqib bosimni tobora oshirmoqda. Himoyachilarimiz yaxshi harakat qilyapti.
56. Erkinov texnik harakatlari bilan muxlislar olqishiga sabab bo‘ldi. Yashavor, Hojimat!
55. Ahmad Hasanning zarbasidan so‘ng Nazarov to‘pni mushtlari bilan urib yubordi.
54. Burchakdan oshirilgan to‘pni himoyachilarimiz uzoqlashtirdi.
53. Pressing evaziga to‘pni olib qo‘ygan Norchaevni raqib futbolchisi qoida buzish orqali to‘xtatdi.
52. Iroqliklar murabbiyi darhol o‘zgarishga qo‘l urdi. Abdulamir o‘z o‘rnini Abdulkarim Sayyidga bo‘shatib berdi.
50. GOOOOOOOOOLLLLLLLL!
Norchaev - Erkinov kombinatsiyasidan so‘ng Husain to‘pni jarima maydoniga oshirdi. Himoyachi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi.
49. Muntaderning zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
48. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Nazarov baland sakrab ushlab oldi.
47. Bo‘riev maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerakka o‘xshaydi.
46. Ikkinchi taymga start berildi!
46. Bo‘limlar oralig‘ida iroqliklarda o‘zgarish: Aleksandr Goria o‘z o‘rnini Muntader Muhammadga bo‘shatib berdi.
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Navbat bizniki!
45+12. Birinchi taym nihoyasiga etdi!
45+11. Bo‘lim so‘ngi Kapadze shogirdlarining to‘liq ustunligi ostida kechmoqda.
45+10. To‘pni o‘zida ko‘proq ushlab qolgan Erkinov uni yo‘qotdi.
45+9. To‘p markazda raqib futbolchisining qo‘liga tegdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.
45+8. Jaloliddinovdan uzatma. To‘pga Norchaevdan oldin darvozabon etib keldi.
45+7. Jasurning olis masofadan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.
45+6. Iroqlik futbolchilar vakillarimizni ancha qo‘pol qarshi olmoqda. Hakam o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuboryapti.
45+6. Xavfli vaziyat! Ramazon Jumaning yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
45+5. Arenaga yig‘ilgan 30 mingdan ziyod muxlis futbolchilarimizni olqishlayapti.
45+5. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLL! Jasur Jaloliddinov!
Nuqtaga yaqinlashgan Jasur markazga zarba berib, darvozani ishg‘ol etdi.
45+3. VARni tinglagan referi o‘z qaroriga ishonch hosil qildi.
45+1. Jarima maydoniga yorib kirayotgan Erkinov qoida buzish evaziga to‘xtatildi. Bu penalti!
45. PENALЬTI!
45. Birinchi taymga 12 daqiqa qo‘shib berildi.
44. Hojimat Erkinov yaqin masofadan zarba bera olmadi. Qulay imkoniyat qo‘ldan ketdi.
44. Norchaevdan juda xavfli zarba. Hasan Ahmad to‘pni qaytardi.
43. Olis masofadan yo‘llangan zarbani Vladimir Nazarov ushlab oldi.
41. Iroqlik futbolchi maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerak.
40. Jarima maydoniga oshirilgan navbatdagi pas hujumchilarimizga qadar etib bormadi.
39. Maydon markazida vakillarimiz to‘pni egallab turibdi.
37. Jaloliddinovning uzatmasidan so‘ng Davronov to‘pga eta olmadi.
36. Raqib darvozaboni vaqtni cho‘zmoqda. Muxlislar uni ham "nasibasiz qoldirmadi!"
35. Hammasi joyida! Husain o‘yinni davom ettira oladi.
34. Husain Norchaev maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam kerak.
33. "Paxtakor" stadioniga yig‘ilgan muxlislar vakillarimizni tinimsiz olqishlab turibdi.
32. Ulug‘bek Hoshimovning kuchli zarbasidan keyin to‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
31. Bo‘riev markazda raqibini ustalik bilan to‘xtatdi.
30. Bahs tempi biroz pasaydi. To‘p asosan maydon markazida.
29. O‘yin nazorati tiliqligicha vakillarimiz tomonda bo‘lib turibdi.
28. O‘ng qanotdan jarima maydoniga berilgan yana bir pas noaniq ketdi.
27. Darvoza tomon o‘tkir burchakdan berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.
25. Qo‘pollik ketidan qo‘pollik. Bu safar Jasurga nisbatan qoida buzildi. Unga tibbiy yordam kerak.
24. Jarima maydoniga yorib kirayotgan Husain qo‘pollik evaziga to‘xtatildi. Yana bir standart vaziyat.
24. DAHShAT! Jaloliddinovning zarbasidan so‘ng to‘p ustunni titratdi! Shunday davom etish kerak, yigitlar!
23. Jasur haqiqiy sardor! U sheriklarini boshqarmoqda! To‘p yonida uning o‘zi!
22. Futbolchilarimiz bosimni davom ettirmoqda. Jaloliddinov jarima zarbasi ishladi. Qulay nuqta.
21. Vakillarimizdan xavfli hujum. Begimovning jarima maydoniga oshirgan to‘pini himoyachilar uzoqlashtirdi.
20. O‘zbek muxlislari bunday holatlarni ham to‘g‘ri qabul qila olishi lozim. Biz keyingi xalqaro turnirlarni ham qabul qilishimiz uchun ham hozir tartib saqlanishi kerak.
19. Golni nishonlayotgan iroqlik futbolchilar tosh bo‘roniga uchradi. Hakam va bahs komissari o‘yinni to‘xtatish borasida fikr almashmoqda.
18. GOL! Hisob ochildi. Gol muallifi Vakaa Ramazon Juma.
18. Vladimir Nazarov qahramonga aylanishi shart!
18. Muxlislar biroz tinchlandi. O‘yinni davom ettirish mumkin.
18. Futbolchilar tomoshabinlardan tinchlanishni so‘ramoqda.
17. Tribunalardan maydonga turli xil buyumlar uchib kela boshladi. Muxlislarning noroziligi juda ortib ketdi.
16. Kapadze majburiy o‘zgarishga qo‘l urdi. Vladimir Nazarov Diyor Xolmatov o‘rniga maydonga tushdi.
15. Darvozabonimiz maydonda emas, shu sabab o‘yin to‘xtab turibdi.
13. Futbolchilar, murabbiylar, muxlislar barchasi hakamni "olqishlamoqda!" Uning sha’niga aytilmagan so‘z qolmadi.
12. Iye? Hakam Abduvohidga qizil kartochka ko‘rsatib, darvozamiz tomon penalti belgiladi.
11. Referi ancha paytdan beri videotakrorlarni kuzatyapti. Stadionga yig‘ilgan tomoshabinlar uvillamoqda.
10. Tibbiyot xodimlari maydonga tushib keldi. Hakam VARni ko‘rmoqda, qizil kartochka ko‘rsatilinishi mumkin.
9. Bu nimasi?! To‘pni egallab, uni sherigiga oshirayotgan darvozabonimizga raqib futbolchisi halal berib, uni jarohatladi.
9. Standartdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ne’matov ushlab oldi.
7. Abdurauf Bo‘riev raqibiga nisbatan qo‘polroq o‘ynadi. Hakam og‘zaki ogohlantirish bilan cheklandi.
6. Maydon markazidagi kurashlar ancha keskin kechyapti. Futbolchilarga oson bo‘lmasligi aniq.
5. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pga Erkinov eta olmadi.
4. Muntaderning kuchli zarbasidan so‘ng to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.
3. Ilk hujum vakillarimizda. Ammo uni muvaffaqiyatli yakunlay olmadik.
2. Markazda Jasur Jaloliddinovga nisbatan qoida buzildi. Shifokorlar unga tibbiy yordam ko‘rsatdi.
2. Kutilganidek, bahs ilk soniyalardanoq keskin kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda.
1. O‘yin boshlandi!
0. Futbolchilarimiz og‘ir jarohat olgan Ibrohim Ibragimovni qo‘llab-quvvatlash uchun uning libosini olib chiqishdi.
0. Bosh hakam va sardorlar bellashuvni kim boshlashiga oydinlik kiritdi. Start uchun barchasi tayyor!
0. Birinchi Iroq, so‘ngra O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. Bahs bir necha daqiqa ichida start oladi.
Fikrlar