O‘zbekiston - KXDR: so‘nggi beshta qarama-qarshiliklar natijasi qanday bo‘lgan?

  • 3 sentabr, 2024, 13:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashning uchinchi bosqichi start olish arafasida. Unga ko‘ra, 18 jamoa uch guruhga 6 tadan bo‘lingan xolda bahslashadi. Bahslar uyda-mehmonda formatida bo‘lib, har bir jamoa o‘ntadan qarama-qarshilikda ishtirok etadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. 

Tecno

Terma jamoamiz uchun saralashning uchinchi bosqichi 5-sentyabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi bahs bilan boshlanadi.

Jamoalar umumiy hisobda o‘zaro 9 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning oltitasi hamyurtlarimiz foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, KXDR vakillari atigi bir marotaba g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bitta bellashuvda jamoalar kuchi teng kelgan. Gollar nisbatiga to‘xtaladigan bo‘lsak O‘zbekiston raqiblaridan to‘qqiz to‘p farqi bilan oldinda: 16:7.

Tomonlar so‘nggi marotaba 2019 yil 7 iyun sanasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash kelgan. O‘shanda termamiz a’zolari Sharqiy Osiyo vakillarini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etishgan. Gollarga Odil Ahmedov (28), Temurxo‘ja Abduxoliqov (65), Igor Sergeev (68) va Dostonbek Tursunovlar (90+2) mualliflik qilishgan.

Bundan oldin ikki jamoa vakillari 2018 yilning oktyabrida ham kuch sinashishgan. Bu bahsda ham termamiz futbolchilari o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda, Marat Bikmaevning dubli evaziga zafar quchgan.

27.04.2018 yil. O‘zbekiston 2:2 KXDR (O‘rtoqlik uchrashuvi)

12.11.2015 yil. O‘zbekiston 3:1 KXDR (Jaxon chempionati saralashning ikkinchi bosqichi)

16.06.2015 yil. KXDR 4:2 O‘zbekiston (Jaxon chempionati saralashning ikkinchi bosqichi)

Saralash bosqichining navbatdagi o‘yinida ham terma jamoamiz futbolchilardan yirik hisobdagi g‘alabani kutib qolamiz!

                         Jahongir Inomjonov

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!