O‘zbekiston 2025-yilgi Jimxana bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi bosqichida podiumga ko‘tarildi
NAFKU jamoasi uchun xalqaro maydonda ajoyib boshlanish! Olmaota shahrida Asia Auto Gymkhana Championship 2025 Osiyo chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi va NAFKU jamoasi ishonchli tarzda ushbu bosqich etakchilari qatoridan joy oldi.
Dilshod Yusupov mashg‘ulotlarda eng yaxshi vaqtni ko‘rsatib, saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. Juftlik bahslarida Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjonov birgalikda yuqori tezlik va ideal muvofiqlik namoyish etib, erkaklar juftlik bahslarida O‘zbekiston kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Oldinda chempionatning to‘rt bosqichi bor: Shri-Lanka, Hindiston va Taypey, eng muhimi, final O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi!
Fikrlar