O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining saralashda ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi

  • 1 aprel, 2019, 09:59
  • 0
  • Futbol
Shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur guruhda O‘zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan.
 
O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov mazkur saralash bahslarida ishtirok etadigan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibini ma’lum qildi. Bugun O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi "Milliy" stadion 7-mashg‘ulot maydonida mashg‘ulot olib borishadi. Mashg‘ulot soat 16:30da boshlanadi.
 
Darvozabonlar:
Jonimkulova Maftuna «Sevinch»
Boymatova Gulandon «Metallurg»
Tilovova Laylo «Sevinch»
 
Himoyachilar:
Husnitdinova Soliha «Bunyodkor»
Shodieva Laylo «Sevinch»
Bektemirova Dilnoza «Bunyodkor»
Boboxo‘jaeva Feruza «Sevinch»
Shoyimova Maftuna «Sevinch»
Zarbieva Tanzilya «Sevinch»
Qo‘chqorova O‘g‘iloy «Sevinch»
 
Yarim himoyachi:
Galimova Saida «Bunyodkor»
Nozimova Dildora «Metallur»
Zoirova Umida «Bunyodkor»
Safina Rushaniya «Sevinch»
Burhonova Malika «Sevinch»
Zaripova Kamila «AGMK»
 
Hujumchilar:
Sarikova Mahliyo «Bunyodkor»
Qudratova Nilufar «Sevinch»
Karachik Lyudmila «Bunyodkor»
Habibullaeva Diyora «So‘g‘diyona»
 
Quyida e’tiboringizga O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi o‘yinlari taqvimini havola qilamiz:
 
3 aprel, soat 15:00
Vetnam - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)
 
6 aprel, soat 15:00
O‘zbekiston  – Iordaniya ("Lokomotiv" stadioni)
 
9 aprel, soat 15:00
Gonkong - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!