
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Eron ustidan g‘alaba qozondi va bosh sovringa ega chiqdi
Bundan biroz avval Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "CAFA Womenʼs Championship-2022" musobaqasi doirasida O‘zbekiston hamda Eron ayollar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi.
Musobaqa taqdirini hal qilgan o‘yin 1:0 hisobida jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan yagona golni 85-daqiqada Maftuna Shoyimova kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "CAFA Womenʼs Championship-2022" musobaqasi g‘olibiga aylandi.
Fikrlar