O‘zbekiston "CAFA"da g‘olib bo‘lishi shartmi? Katanets ideal tarkib yig‘dimi? Ja’far Irismetov terma jamoamiz haqida nimalarni aytdi?

  • 10 iyun, 2023, 01:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda "CAFA Nation’s Cup" xalqaro musobaqasi boshlanmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz “A” guruhida Ummon, Tojikiston va Turknmaniston bilan bahs olib boradi.

Tecno

Bu o‘ziga yarasha qiziq turnir va muxlislar ham intilik bilan kutishyapti. Musobaqa oldidan taniqli futbol mutaxassislaridan biri, terma jamoamiz sobiq a’zosi Ja’far Irismetov Sports.uz uchun fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu turnirdan nima kutyapsiz?

- Albatta, Markaziy Osiyo terma jamoalari ishtirokida ushbu musobaqani o‘tkazilishi zo‘r narsa. Birinchidan, milliy terma jamoamiz o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynaydi. Ikkinchidan, termamizga bu kabi uchrashuvlar juda kerak. Mini-turnirlar orqali murabbiylarda barcha futbolchilarning imkoniyatini ko‘rib olish fursati bo‘ladi. 3 ta o‘yin bo‘lsa, murabbiylar tarkibda bemalol rotatsiya qilib o‘yinchilarni ko‘rib olishlari mumkin bo‘ladi. FIFA kunlari bo‘lsa ikkita o‘yin tashkil qilinadi, murabbiy ko‘p narsaga ulgurmasligi mumkin. Bu musobaqa esa murabbiylarga plyus. Bundan tashqari, muxlislarimizga ham juda qulay. Bu turnirni o‘tkazilayotganini ijobiy baholayman. Guruhimizga keladigan bo‘lsak, Ummon, Turkmaniston va Tojikiston bor. Anchadan beri qo‘shnilarimiz bilan o‘ynamadik. Ayniqsa, Turkmaniston kabilarni hozir darajasi qandayligini to‘liq bilmaymiz. Biz har doim ulardan kuchliroq bo‘lganmiz. Ummon bilan bo‘ladigan uchrashuv ham qiziq o‘tadi. Ammo Tojikiston bilan Turkmanistonni ham hisobdan chiqarish kerak emas. Narigi guruhda Eron kuchli. Bir so‘z bilan aytanda, bu kerakli turnir.

masharipov

Terma jamoamiz "CAFA"da g‘olib bo‘lishi shartmi?

- To‘g‘risini aytsam, shart deya olmayman. Lekin har qanday o‘yinlarda futbolchilarda motivatsiya bo‘ladi. Maydonga chiqqandan keyin baribir natija qilishlari kerak, ayniqsa, o‘z muxlislarimiz qarshisida. Fikrimcha, bunday musobaqalarda ko‘proq termaga nomzod futbolchilarni ko‘rib olgani yaxshi. Ko‘pincha asosiy o‘yinchilarimizga imkoniyat beriladi, zaxiradigalarga kamroq. Menimcha, tarkibni har xil ko‘rinishda o‘ynatib ko‘rsa ham yaxshi bo‘ladi. Nima qilishni murabbiy o‘zi biladi. Yangi kelgan yigitlarni ham o‘ynatsa yaxshi bo‘lardi. Masalan, Abbos Fayzullaev ham qo‘shilgan. Albatta, ishqibozlarimiz oldida 1-o‘rinni olsa xursand bo‘lamiz. Har qanday holatda ham doimo terma jamoamizdan g‘alaba kutamiz.

Asosiy raqobatchimiz kim?

- O‘ylashimcha, bizga ko‘proq Ummon jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Keyin Tojikiston va undan so‘ng Turkmaniston. Baribir qo‘shni terma jamoalar ham o‘zlarini ko‘rsatgisi keladi. Bilasiz, qo‘shni deganda bu derbi maqomidagi uchrashuvga aylanadi. Ularni ham hisobdan chiqarmagan holda aytishim mumkinki, guruhimizda Ummonni asosiy raqobatchimiz deb o‘ylayman.

fayzullaev_1

Tarkib ideal ko‘rinishdami?

- Menimcha, tarkibga hamma o‘yinchilar jalb qilindi, deb hisoblayman. Katanets o‘ziga kerakli futbolchilarni chaqirdi. Bir-ikkita iqtidorli yoshlarni qo‘shilishi ham yaxshi bo‘ldi. Yangi futbolchilarimizni shunchaki chaqirmasdan ularga ham o‘yinlarda imkoniyat berilsa yanada yaxshi bo‘lardi. Srechkoni uni oldi yoki buni olmadi, deb ayta olmayman. Uni yordamchilari bor va mendan ko‘ra yaxshiroq bilishadi. Balki kimnidir jarohati bordir yoki yaxshi sport formasida emasdir. Bu borada terma jamoa murabbiylari yaxshi biladilar. Faqat Eldor Shomurodovni “Spetsiya”ni pley-off o‘yini bo‘lgani uchun vaqtida kela olmasligi aytilayotgandi. Uni kelmasligi to‘g‘risi, yaxshi emas. “Spetsiya”da kerakligicha o‘ynamayapti. Bu erga kelganida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lardi. Shomurodov o‘rniga ham futbolchilarimiz bor.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!