O‘zbekiston chempionati kubogi qaysi stadionga boradi? Oltin medallar-chi?

  • 9 noyabr, 2022, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2022-yilgi mavsumdagi chempioni nomi 12-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi — 26-turda aniq bo‘ladi. Ayni vaqtda “Paxtakor”, “Navbahor” va “Nasaf” klublari oltin medallar uchun kurash olib boryapti.

Tecno

Musobaqaning maxsus chempionlik kubogi kimga nasib qilishi ma’lum bo‘lmasa-da, da’vogar jamoalar uni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida ko‘tarishni istaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi har uch bellashuv bo‘lib o‘tadigan stadionga kubok bilan boradi. Yakunda g‘olib jamoa kubokni o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida nishonlashi uchun sharoit yaratib beriladi.

Oltin medallar masalasida esa vaziyat biroz chigal. Chempionlik uchun da’vogar 2 ta klub Toshkentda to‘p surishi va nisbatan ko‘proq ochko Toshkentda o‘ynaydigan jamoada ekanidan kelib chiqib, oltin medallar poytaxtda qoldiriladi. Chempionlik Namangan klubiga nasib qilsa, sovrinlar alohida etkazib beriladi. Oltinlarga Toshkentda to‘p suradigan ikki klubdan biri ega chiqsa, u holda kubokdan oldin jamoa a’zolariga medallar topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!