
O‘zbekiston chempionining o‘g‘li Polshada Superkubokni qo‘lga kiritdi
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Rivaldoning o‘g‘li Rivaldino Polsha Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Bosh sovrin uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “Krakoviya” jamoasi “Legiya” ustidan penaltilar seriyasida 5:4 hisobida zafar quchdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida hisob ochilmadi.
Rivaldo o‘zi kabi hujumda o‘ynaydigan o‘g‘lini g‘alaba bilan tabrikladi.
- O‘g‘lim Rivaldinoni Polsha Superkubogi sohibi bo‘lgani bilan tabriklayman. Xudo madadkoring bo‘lsin, o‘g‘lim!, - deb yozadi Rivaldo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Krakoviya” o‘z tarixida ilk marotaba Superkubok g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar