O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi. "G‘ijduvon"ga qarshi o‘yin oldidan "Qo‘qon-1912"da jiddiy yo‘qotish

  • 7 aprel, 2022, 21:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi O‘zbekiston Kubogi doirasidagi "G‘ijduvon" jamoasiga qarshi o‘yinga Toshkent shahrida tayyorgarlik olib bordi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining yozishicha, futbolchilar Toshkentdagi "To‘qimachi" stadionida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar. Mashg‘ulotlarda jamoa sardori Murod  Xolmuhammedov jarohati bois ishtirok etmayapti.

Jamoamizning ahil oilasi nomidan sardorimizga tezroq jarohatidan qutulib safimizga qaytishini tilab qolamiz, - deyiladi xabarda.

"Shunqorlar" ertaga tongda Buxoro tomon yo‘lga chiqadilar. Buxoro viloyatining "G‘ijduvon" jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘yin, ertaga Muborakdagi "Bahrom Vafoev" nomli stadionda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!