O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi o‘rtasida o‘ziga xos memorandum imzolandi

CHERY AUTO

Kecha, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida mazkur oliygoh hamda O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi o‘rtasida o‘ziga xos memorandum imzolandi.

Tecno

Ma’lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yakkakurash fakultetida karate yo‘nalishi ham ochilgan edi. Shu nuqtai nazardan, har ikki tomon bir-biriga yaqindan yordam berish, tajribali mutaxassislarni jalb qilish barobarida etuk kadrlarni tayorlashni birlamchi maqsad qilib belgilab oldilar.

mem

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda moddiy texnika - ba’zasini mustahkamlash, xorijlik mutaxassislar bilan ham hamkorlik qilishni yo‘lga qo‘yishni kelishib oldilar.
Mazkur memorandum mobaynida O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi Alam Mullaev federatsiya tomonidan har qanday yordamga tayyor ekanligini va hamkorlikdan xursand ekanligini bildirib o‘tdi. Ushbu oliygoh prorektori Kamil Bayazitov ham so‘z olib, yangi yo‘nalishni yanada rivojlantirib, yaxshi kadrlarni tayyorlashda jiddiy mehnat qilinishini va bunda O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasining hamkorligi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

mem1

Kafedra mudiri Shuhrat Arslonov ham ushbu hamkorlik kelajakda yurtimizda karate sport turini yanada rivojlanishiga va sportchilarimiz xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini ma’lum qildi.

mem2

Shuningdek universitet dotsenti Nurjan Tastanovning taklifi ham barchada ijobiy taassurot qoldirdi. U yurtimizdagi karate sport turining bayroqdorlaridan Arslon Elov va boshqa faxriylarning tajribasi bilan o‘rtoqlashgan holda xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash yanada foydaliroq bo‘lishini bildirib o‘tdi.

Bir so‘z bilan aytganda, memorandum mobaynida oldinda turgan bir qator masalalar o‘z echimini topdi. O‘ylaymizki, mazkur bitim yurtimizda karate WKF yo‘nalishini yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!