O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • 30 oktabr, 15:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘FA rahbariyati terma jamoalar murabbiylari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisobotlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari natijalari hamda keyingi musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi. Bu haqda assotsiatsiyaning matbuot xizmati xabar berdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilish davomida har bir yosh toifasidagi murabbiylarga tayyorgarlik jarayonida zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanish, murabbiylar shtablarida esa doimiy ravishda tahlilchilar, seleksionerlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yuqori malakadagi mutaxassislar faoliyat yuritishi lozimligi ta’kidlandi. Buning uchun murabbiylar ta’limi yo‘nalishini yanada yaxshilash bo‘yicha topshiriq berildi.

— O‘smirlar terma jamoalarimiz har yili Osiyo kubogi va Jahon chempionati yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi. Ushbu musobaqalarda yuqori saviyada ishtirok etish, avvalgi natijalarni takrorlash va yaxshilash uchun jismoniy tayyorgarlik, ilmiy-tahlil hamda taktik yo‘nalishlarda kuchli murabbiylar zarur. Ayniqsa, bu yoshda ilmiy-tahliliy yondashuv orqali futbolchilarning rivojlanishini o‘rganib borish, tahlil qilish kerak, — dedi Ravshan Irmatov.

Shuningdek, U-15, U-16, U-18 va U-23 terma jamoalarimiz bosh murabbiylari tomonidan o‘tkazilgan yig‘inlar tahlil qilindi. Selektsiya jarayonini yanada kuchaytirish, futbolchilarni jismoniy hamda texnik- taktik jihatdan puxta tayyorlab borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida ayollar futbolini rivojlantirishning 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ham muhokama qilindi. Kichkina yoshdagi qizlar terma jamoalari uchun futbolchi etishtirish maqsadida qizlar o‘rtasida turnirlarni ko‘paytirish, xalqaro o‘yinlar va festivallar tashkil etish orqali selektsiya jarayonini kuchaytirish vazifasi belgilab berildi, — deyiladi bayonotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!