
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Superliga doirasida ikkita o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Coca-Cola Superligasi doirasida ikkita o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlagan hakamlar guruhi faoliyati bo‘yicha O‘FA maxsus inspektsiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Bunyodkor” – “Neftchi” bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko tomonidan bildirilgan keskin fikrlar hamda ayblovlar qanchalik asosli ekanligi ham o‘rganib chiqiladi. Tekshiruv natijasida mazkur gaplar o‘z tasdig‘ini topsa, aybdorlar jazolanadi. Aks holda nohaq ayblovlar bildirgan mutaxassisga nisbatan tegishli chora ko‘riladi", - deyiladi O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Fikrlar
хуй керак.
дейишган .
Нефтчи Билан Бухорони йукотган очкосини кайтариб бераоласанларми.
Агар айблов нохак буп чикса.
.