O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga prezident saylandi (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum, muxtaram futbol ixlosmandlari! Ayni daqiqalarda Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida O‘FAning navbatdagi hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Siz uchun qulay bo‘lishi uchun biz ushbu jarayonni matnli ko‘rinishda e’tiboringizga havola etamiz!
15:30. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga 45 ta a’zo tashkilot Abdusalom Abdumavlonovich Azizov nomzodi, birinchi vitse-prezidenti lavozimiga 42 ta a’zo tashkilot Ravshan Sayfutdinovich Ermatov nomzodi quvvatlagan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, Abdusalom Azizov O‘FA prezidenti, Ravshan Ermatov vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
15:15. So‘z navbati birinchi bo‘lib qo‘mita raisi Mirzaholov Habibullo Rahmatullaevichga berildi.
15:12. Kun tartibining 5-masalasi O‘FA prezidenti, vitse-prezidenti va ijroiy qo‘mita a’zolarini saylash. Buning uchun Saylov qo‘mitasi raisi va uning a’zolari taklif etiladi.
15:10. Assotsiatsiyaning 2019-21 yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobot bir ovozdan ma’qullandi.
15:00. Ayni daqiqalarda Avaz Maxsumov O‘FA faoliyati to‘g‘risida hisobotni o‘qib eshittirmoqda.

Fikrlar