
O‘zbekiston futzal milliy jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov U-20 termamizga omad tiladi (video)
Bugun O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz Gvatemalaga qarshi hayot-mamot jangida ishtirok etadi. Uchrashuv tungi 02:00 da start oladi.
Mazkur bahs oldidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov yoshlarimizga omad tilab, ularga videomurojaat yo‘lladi.
"Assalomu alaykum, Argentinada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston, vataninmiz sha’nini himoya qilayotgan ukalarimiz! O‘zbekiston futzalchilari nomidan bo‘lib o‘tadigan Gvatemalaga qarshi o‘yin oldidan sizlarga omad tilaymiz.
Sizlarga ishonamiz, yigitlar. Buyog‘iga har bir o‘yin finalga teng. O‘ylaymizki, biz futzalchilar Gvatemalaga qarshi 2021 yilgi jahon chempionatida imkoniyatni boy berganimiz revanshini olasiz. Olg‘a, O‘zbekiston!", - dedi futzalchimiz.
Fikrlar