O‘zbekiston futzal terma jamoasining Ispaniyaga qarshi tarkibi ma’lum (Foto)

  • 19 avgust, 2021, 22:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litvada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

Tecno

Bahodir Ahmedov shogirdlari nufuzli musobaqadan oldin Ispaniya va Portugaliyada xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Rejaga ko‘ra, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Madriddagi Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi sport majmuasida Ispaniya terma jamoasiga qarshi ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda termamiz 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Ayni paytda vakillarimizning boshlang‘ich tarkibi ma’lum:

photo_2021-08-19_20-24-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!